Armaniston poytaxti Yerevanda yashovchi qiz turar-joyning sakkizinchi qavatidan qulab, omon qoldi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” mamlakat hududiy boshqaruv va favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayanib.
Hodisa 3-yanvar, yakshanba kuni kechki payt sodir bo‘ldi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, 24 yoshli Ani Ayrapetyan kir ilinadigan dorga, so‘ng qor uyumiga tushgan, aynan shu uni qutqarib qolgan.
Qizni Yerevandagi tibbiy markaz jonlantirish bo‘limiga yotqizildi.
Izoh (0)