Afg‘oniston sharqidagi Jalolobod shahrida xorijiy davlatlar konsulxonalari yaqinida portlash sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Qurbonlar va yaralanganlar haqida ma’lumot kelib tushganicha yo‘q.
Mahalliy hukumat rasmiy vakili ta’kidlashicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash Hindiston, Pokiston va Eron konsulxonalari joylashgan tumanda yuz bergan.
Nashr eslatishicha, 3-yanvar, yakshanba kuni jangarilar Afg‘onistonning Mozori Sharif shahridagi Hindiston konsulxonasiga hujum qilgan, dushanba kuni afg‘on harbiylari hujumda qatnashgan barcha terrorchilarni yo‘q qilgan edi.
Izoh (0)