Latviyada mamlakat tarixidagi eng yirik lotereya yutug‘i qayd etildi: o‘tgan yil oxirida nomi oshkor etilmagan latviyalik 23 yevroga Keno lotereyasi chiptasini xarid qilib, o‘nta raqamni to‘g‘ri topdi va 600 ming yevroni qo‘lga kiritdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Shu paytgacha Latviya tarixidagi eng yirik lotereya yutug‘i 2013-yilda Super Bingo’da yutib olingan 367,3 ming yevro hisoblanardi. Keno lotereyasida g‘olibga topshirilgan eng katta summa 2006 va 2010-yillarda berilgan 341,4 ming yevro sanalar edi.
Izoh (0)