Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi O‘ninchi bosh boshqarmasi Yangi yil bayramlari davomida respublikaning janubiy hududlarida ekstremistik va terroristik holatlar oldini olish bo‘yicha bir nechta maxsus operatsiya o‘tkazdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Respublika IIV matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, O‘sh va Jalolobod viloyatlarida 19 ta jinoyat, jumladan, terroristik va ekstremistik xususiyatga ega jinoyatlar fosh qilindi. Jalolobod viloyati hududida diniy adovat qo‘zg‘atish bilan bog‘liq 17 ta holat aniqlandi.
Shuningdek, maxsus operatsiyalar chog‘ida Arstanbal qishlog‘ining ko‘plab fuqarolari butun oilasi va ko‘chasi bilan ekstremistik tashkilotlar mafkuralarini qo‘llab-quvvatlay boshlagani ma’lum bo‘ldi.
Diniy ekstremistik xususiyatga ega DVD-disklar, kitoblar, varaqalar, videokassetalar, shuningdek, ov pichoqlari, patronlar, miltiqdori, AKMS avtomati va “Nagan” to‘pponchasi musodara etildi.
Izoh (0)