Qirg‘izistonda rossiyalik diplomatlar ikki bolani qutqarib qoldi, ularni mamlakatdan chiqarib ketib, inson organlari savdogarlariga sotmoqchi bo‘lishgan, deb yozadi “Nur.kz”.
13 yoshli Anya va uning 5 yoshli ukasi Timofey onalarining o‘limidan keyin qarovsiz qolgach, o‘gay ota ularni mahalliy lo‘lilarga sotib yubordi. Lo‘lilar esa bolalarni Qirg‘izistondan noqonuniy ravishda chiqarib ketib, inson organlari savdogarlariga qayta sotishga uringan.
Biroq bolalarning baxtiga, ularni qo‘shnilar himoya qilgan. Ular politsiya va diplomatlarni chaqirib, bolalarni qutqarib qolgan.
Onalari Rossiya fuqarosi bo‘lgani sababli, elchixonaning ochiq maktubiga javoban, Novosibirsk shahri yetimlarni o‘z himoyasi ostiga oldi.
Izoh (0)