Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatda 2017-yili ekologiya yilini o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.
Bundan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad jamoatchilik e’tiborini Rossiyaning ekologik rivojlanishi, biologik xilma-xillik va ekologik xavfsizlik masalalariga qaratishdan iborat. Buning uchun ekologiya yilini o‘tkazish qo‘mitasi tuziladi. Hukumatga asosiy tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi yuklatilgan.
Rossiyada 2015-yil adabiyot yili, 2016-yil esa milliy kino yili deb e’lon qilingan.
Izoh (0)