Rossiyaning Novosibirsk shahri, Stansionnaya ko‘chasidagi issiqlik trassasi kollektorida besh kishi — ikki erkak va uch ayolning jasadi topildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Novosibirsk viloyati ichki ishlar boshqarmasining ma’lum qilishicha, halok bo‘lganlarning barchasi muqim yashash joyi bo‘lmagan fuqarolardir. Yana bir boshpanasiz erkak og‘ir zaharlanish tashhisi bilan kasalxonaga yotqizilgan. Politsiya voqea joyida qo‘lga olgan uysiz ayolning aytishicha, 2-yanvar kuni uning tanishlaridan biri axlat qutisidan ichida jigar rang suyuqlik bo‘lgan uch litrli plastik idishni topib oladi. Ushbu suyuqlikni ayoldan tashqari hamma ichadi.
Ichida suyuqlik qoldig‘i bo‘lgan idish hozirda ekspertizaga yuborilgan. Nobud bo‘lganlarning shaxsi aniqlanmoqda. Fuqarolarning ommaviy zaharlanishi holati bo‘yicha tergov boshlangan.
Izoh (0)