Buyuk britaniyalik olimlar elektron sigaretalar xavfli ekanligini isbotladi: ularda mavjud moddalar bronxiolit va o‘pkaning boshqa xastaliklariga olib kelishi mumkin. Bu haqda “Hi-tech.mail.ru” xabar bermoqda.
San-Diyegodagi Kaliforniya universiteti mutaxassislari tadqiqotlari davomida uzluksiz veyping (elektron sigaretalarni bir necha soat davomida ketma-ket chekish) jarayonini sinab ko‘rdi. Tadqiqot mualliflaridan biri Jessika Vang-Rodrigez elektron sigaretalarning zarari an’anaviy sigaretalardan qolishmasligini ta’kidlamoqda.
Sinovlar chog‘ida sigaretalarning ikki turi — nikotinsiz va ko‘p bo‘lmagan miqdorda nikotinga ega sigaretalardan foydalanilgan. Tajribalar ikki holatda ham o‘pka va boshqa a’zolar to‘qimalari nobud bo‘lishi, faqat nikotinsiz sigaret chekkanda bu jarayon biroz sustroq kechishini ko‘rsatdi.
Izoh (0)