Torontodan Nyu-Dehliga parvoz qilgan Kanadaning Air Canada aviakompaniyasi samolyoti yo‘lovchining styuardessaga hujumi tufayli aeroportga qaytishga majbur bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Bezori Kanadaning Albert viloyatida yashovchi 47 yoshli Jaskaran Sidxu bo‘lib chiqdi. Unga “parvoz chog‘ida styuardessaga tajovuzkorona munosabatda bo‘lganlik, tan jarohatlari yetkazganlik va havo kemasi xavfsizligiga tahdid qilish” ayblari qo‘yilgan.
Izoh (0)