Burundi prezidenti Per Nkurunziza Afrika Ittifoqi tinchlikparvar kuchlari bosqinchilar sifatida qabul qilinishi va ularga qarshilik ko‘rsatilishini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Afrika Ittifoqi davlatlari tinchlik va xavfsizlik kengashi 18-dekabr kuni Burundiga tinch aholini himoya qilish uchun 5 ming kishilik kontingent jo‘natishni taklif qilgandi. Burundi rasmiylari tinchlikparvar kuchlarni qabul qilishga tayyor emasligi, ular kiritilgan taqdirda mazkur kuchlarni bosqinchilar sifatida baholashini bildirdi.
Izoh (0)