Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari tomonidan mamlakatning yetti viloyatida oxirgi sutkada o‘tkazilgan maxsus aksilterror operatsiyalari davomida 22 nafar jangari yo‘q qilindi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligi saytida joylashtirilgan xabarda bildirilgan, deya ma’lum qiladi “RIA Novosti”.
“Nangarxar, Parvon, Faryob, Qandahor, G‘azni, Hirot va Gilmend viloyatlarida o‘tkazilgan operatsiyalar chog‘ida 22 nafar qurollangan jangari yo‘q qilindi, 11 nafari jarohatlangan va yana 3 kishi hibsga olingan”, — deyiladi mazkur xabarda.
Aksilterror operatsiyalari Afg‘oniston armiyasi va milliy xavfsizlik direktorati hamkorligida o‘tkazildi. Reydlar davomida yengil va og‘ir qurol-aslaha zaxiralari aniqlangan hamda musodara etilgan.
Izoh (0)