600 mingga yaqin hindistonlik zo‘ravonlar hamda ayollar ustidan kuladiganlarga politsiya Yangi yil bayramlari vaqtida yaxshi xulq ko‘rsatish haqidagi eslatmadan iborat SMS-xabar jo‘natadi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
“Siz va telefoningiz hamon kuzatuv ostida. Hozir yaxshi xulq ko‘rsatyapsiz, degan umiddamiz. Yangi yilingiz muborak bo‘lsin”, — deyiladi Hindistonning Uttar-Pradesh shtati politsiyasi SMS-xabarida.
“Biz ularga shuni yetkazishga urinmoqdamizki, ayollarga zarar yetkazish uchun qilingan har qanday urinish qat’iy choralarga olib keladi”, — dedi ayollar uchun ishonch telefonlarini boshqaruvchi katta politsiya ofitseri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, politsiya, shuningdek, avvalroq jabr-zulmga uchragani yuzasidan shikoyat qilgan 500 ming nafar hindistonlik ayolni politsiya ularga zarur vaqtda yordam berishi haqida ogohlantirmoqchi.
Izoh (0)