Qozog‘iston senati deputatlari 28-dekabr, dushanba kuni mamlakat Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi etib Vladimir Jumakanov tayinlanishini ma’qulladi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Avvalroq Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Jumakanovni MXQ rahbariyatiga yangi rais sifatida tanishtirgan edi. Nazarboyev yangi rais o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarishiga umid bildirdi. Davlat rahbari ta’kidlashicha, qo‘mitaga katta mas’uliyat yuklangan, chunki u konstitutsiyaviy tuzum himoyasi va mamlakat xavfsizligini ta’minlaydi.
“Vladimir Jumakanov Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisligiga tayinlanishini tasdiqlashingizni so‘rayman”, — degan edi prezident ma’muriyati rahbari senatorlarga yuzlanib.
Senatorlar Jumakanovning yangi lavozimga tayinlanishini bir ovozdan ma’qulladi.
Izoh (0)