Buyuk Britaniyada yuz berayotgan, “misli ko‘rilmagan” deya ta’rif berilgan suv toshqinlari sabab 27-dekabr, yakshanba kuni Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi, deb xabar qiladi “Interfaks”.
Ayni vaqtda butun Buyuk Britaniya bo‘ylab turli hududlarda toshqin sodir bo‘lishi mumkinligi haqida 250 dan ortiq ogohlantirishlar berilgan. Ulardan 24 tasi o‘ta jiddiy hisoblanadi.Kemeron o‘z Twitter’ida “barcha kerakli chora-tadbirlarni ko‘rish rejasining bir qismi sifatida katta miqdordagi harbiylar jalb qilinishi”ni yozdi.
Ayni vaqtda Greter-Manchester va Lids shaharlarida yuzlab aholi evakuatsiya qilindi. Bir qancha aholi punkti jiddiy suv toshqinlari sabab elektrsiz qolmoqda.
Izoh (0)