4-dekabr kuni Kaspiy dengizidagi Ozarbayjonga tegishli “Gyuneshli-10” neft platformasida yuz bergan avariya qurbonlari soni sakkiz nafarga yetdi, deb xabar qiladi “TASS”.
Ozarbayjon Favqulodda vaziyatlar vazirligi bergan xabarga ko‘ra, qutqaruvchilar bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida ismi keltirilgan yana bir ishchining jasadini topdi. Vazirlik xabarida aytilishicha, jasadni dengizning Turkmanistonga qarashli sektorida “Berkar” turkman kemasi topgan. Iman Gasimov ismli ishchining jasadi Turkmanboshi portiga yetkazildi.
Jasadni Ozarbayjonga olib kelish uchun tergov guruhi bilan FVVning amfibiya samolyoti yuborildi.
“Gyuneshli-10” neft platformasidagi yong‘in to‘fondan shikastlangan gaz liniyalaridagi portlash natijasida chiqqan. Avariya vaqtida platformada 63 kishi bo‘lgan. 33 nafar ishchi evakuatsiya qilingan. Bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatidagi 22 kishini qidirish ishlari davom etmoqda.
Izoh (0)