Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti kuzatuv missiyasi patruli Donetsk viloyatining Kominternovo qishlog‘ida o‘qqa tutildi. Missiya vakilining ta’kidlashicha, o‘qotar quroldan o‘t ochilgan, deb xabar beradi Meduza.
Kuzatuvchilardan hech kim jabrlanmagan, ularning mashinasiga shikast yetmagan. Kim va qayerdan o‘t ochgani noma’lum.
“Donetsk Xalq Respublikasi” vakili Eduard Basurin ham Kominternovo hududida o‘t ochilganini xabar berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu vaqtda u YeXHT kuzatuvchilari bilan birga bo‘lgan. Basurin ukrainalik harbiylar o‘q uzganini ta’kidlamoqda.
YeXHT missiyasi bilan birga bo‘lgan VGTRKning suratga olish guruhi o‘t ochish uchun javobgarlikni “Praviy sektor”ga yukladi.
Ukraina qo‘mondonligi esa ayirmachilarini provokatsiyada aybladi.
Izoh (0)