Myanma rasmiylari Tailand rahbariyatidan ikki nafar myanmalikka nisbatan chiqarilgan o‘lim jazosini qayta ko‘rib chiqishni so‘ramoqda. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Tailand hukumatiga tegishli iltimos Myanma qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni general Min Aung Xlaing nomidan yuborilgan. Shuningdek, 26-dekabr, shanba kuni mamlakatda Tailand rasmiylaridan “nohaq chiqarilgan hukm” bekor etilishi talab qilingan ommaviy namoyishlar ham bo‘lib o‘tgan.
24-dekabr kuni Tailanddagi Surattxani viloyat sudi 2014-yil sentabrida Tao orolida britaniyalik sayyohlar Devid Miller va Xanna Vizerijni o‘ldirishda ayblab, myanmalik Zav Liin hamda Vin Zav Tunni o‘lim jazosiga hukm qildi. Ular avvaliga aybiga iqror bo‘lgan, biroq keyinchalik qiynoqlar ostida bunga majbur bo‘lganini bildirib, ko‘rsatmalaridan voz kechgan. Shunday bo‘lsa-da, sud ularning aybini isbotlangan deb hisoblamoqda.
Izoh (0)