Shvetsiyadagi eng gavjum ko‘chalardan birida halokat sodir bo‘lishi natijasida mingga yaqin tovuq har tarafga qochib ketdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Vernamo shahridan janubdagi katta yo‘lda parrandalarni ortib ketayotgan yuk mashinasi ag‘darilib ketdi. Hodisa shvedlar Rojdestvo ta’tilini o‘tkazish uchun uyga qaytayotgan eng gavjum kunlardan birida sodir bo‘ldi.
Mahalliy politsiya vakili aytishicha, ba’zi tovuqlar yuk mashinasidagi qafas ichida qolgan bo‘lsa, boshqalarini yo‘ldan va uning atroflaridan tutib olishgan.
Yuk mashinasi haydovchisi jiddiy shikast oldi va kasalxonaga yetkazildi. Voqea natijasida yo‘lda ko‘plab kilometrga cho‘zilgan tirbandlik yuzaga keldi.
Izoh (0)