Mixail Xodorkovskiy tashkil qilgan “Ochiq Rossiya” jamoatchilik-siyosiy harakati tintuvlar o‘tkazilayotganini ma’lum qildi. Tergov ishlari 22-dekabr, seshanba kuni tashkilot xodimlari va sobiq biznesmen Kyulle Pispanen matbuot kotibining xonadonlarida o‘tkazilmoqda.
Tergov qo‘mitasi vakillari erta tongda kelgan. Ular tintuvlar Mixail Xodorkovskiy ishi bilan bog‘liqligini aytgan.
Tergov qo‘mitasi rasmiy vakili Vladimir Markin ma’lum qilishicha, “Ochiq Rossiya”da o‘tkazilayotgan tintuvlar 2003-yilda qo‘zg‘atilgan “YuKOS” jinoiy ishi doirasida o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Tergov qo‘mitasi tadbirkor Mixail Xodorkovskiyni Nefteyugansk meri Vladimir Petuxov qotilligini tashkillashtirishda sirtdan ayblagan edi.
Izoh (0)