Yevroittifoq Rossiyaga nisbatan iqtisodiy sanksiyalarni 2016-yil 31-iyulga qadar rasman uzaytirdi. Mazkur qaror 18-dekabr, juma kuni YeIga a’zo davlatlar doimiy vakillari yig‘ilishida ma’qullanganidan so‘ng 21-dekabr, dushanba kuni yozma tartibda kelishib olindi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
“2015-yil 21-dekabr kuni Kengash YeIning Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalarini 2016-yil 31-iyulga qadar uzaytirdi”, — deyiladi YeI Kengashi bayonotida. Bayonotda sanksiyalarni uzaytirish to‘g‘risidagi qaror Ukraina bo‘hroniga barham berish bo‘yicha Minsk kelishuvlari 2015-yil 31-dekabriga qadar to‘liq bajarilmasligidan kelib chiqib qabul qilingani ta’kidlangan.
Sanksiyalar moliya, energetika va xavfsizlik sohalaridagi cheklovlarni nazarda tutadi.
Izoh (0)