Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevga olmoslar qadalgan oltin do‘mbirani sovg‘a qilishmoqchi, deya xabar bermoqda “Nur.kz”.
Janar Kurmanaliyeva suvenir kompaniyasining Ostonadagi filiali rahbari so‘zlariga ko‘ra, ushbu eksklyuziv cholg‘u asbobi mualliflik dizayni bo‘yicha yaratilgan. U haqiqiy do‘mbiraning to‘liq hajmli nusxasi bo‘lib, korpusi qimmatbaho yog‘ochdan yasalgan va oltin bilan qoplangan. Bundan tashqari, uning kumush bezaklari va olmos qadamalari bor.
O‘z turi bo‘yicha dunyoda yagona bo‘lgan oltin do‘mbira Qozoq xonligining 550 yilligi munosabati bilan yasalgan. Uni Qozog‘iston prezidentiga hadya etish rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)