AQSh sobiq prezidenti Bill Klintonning yakka-yu yagona qizi 35 yoshli Chelsi yozda farzandli bo‘lishini e’lon qildi, deb yozadi “TASS”.
2010-yilda u xedj-fond boshqaruvchisi Mark Mezvinskiga turmushga chiqqan edi, uning ota-onasi AQSh Kongressi sobiq a’zolaridir.
2014-yilda Chelsi va Mark qiz farzand ko‘rib, unga Sharlotta deb ism qo‘ygan edi. “Kelasi yozda Sharlotta opa bo‘ladi”, — deb yozdi ular Facebook’ka joylangan bayonotida.
Yaqinda NBC telekanaliga bergan intervyusida Chelsi onasi — Hillari Klinton — nevarasi bilan birga o‘ynashi, unga qo‘shiqlar kuylab berishi va uning yurib ketishiga ko‘maklashgani haqida gapirib bergandi.
Izoh (0)