BMT Bosh Assambleyasi 2017-yilni Turizm xalqaro yili deb e’lon qildi, deya xabar bermoqda BMT yangiliklar markazi.
Bu boradagi rezolyutsiyada Assambleya delegatlari barcha davlatlarga barqaror taraqqiyotni rag‘batlantirish va tezlashtirish, qashshoqlikka barham berish vositalaridan biri sifatida turizmni rivojlantirishga ko‘mak berishni taklif qildi.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, har yili bir milliarddan ortiq kishi boshqa mamlakatlarga sayohat qiladi. Shu tufayli turizm iqtisodiyotning yetakchi sektoriga aylandi, uning hissasiga global yalpi ichki mahsulotning o‘n foizi va umumiy dunyo eksportining olti foizi to‘g‘ri keladi.
Izoh (0)