Facebook rahbari Mark Sukerberg Parijdagi teraktlardan so‘ng butun dunyoda ta’na-malomatlarga duch kelayotgan musulmonlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda u 10-dekabr, payshanba kuni Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilgan, deya xabar beradi “TASS”.
“Facebook rahbari sifatida bizda ro‘yxatdan o‘tgan barcha musulmonlarga ularni tarmog‘imizda ekanliklaridan mamnunligimizni bildiraman. Biz hamjihatlikda huquqlaringiz uchun kurashamiz va tarmog‘imizda do‘stona muhit yaratishga harakat qilamiz. O‘zaro ishonchni yo‘qotmasligimiz lozim. Bir-birimizda yaxshi tomonlarni ko‘ra olsak, har birimiz va yer yuzidagi barcha insonlar uchun eng a’lo bo‘lgan dunyoni barpo etishimiz mumkin”, — deya ta’kidlagan Sukerberg.
I want to add my voice in support of Muslims in our community and around the world.After the Paris attacks and hate...
Posted by Mark Zuckerberg on 9 декабря 2015 г.
Izoh (0)