Turkiya qiruvchi samolyotlari Iroq havo kengliklarini buzib, mamlakatning Turkiya bilan chegarasi yaqinidagi hududlariga bombalar yog‘dirdi. Bu haqda Eronning Fars agentligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Turk qiruvchilari 9-dekabr, chorshanba kuni Iroq havo kengliklarini buzib, Turkiya bilan chegara yaqinidagi Daxuk viloyatining al-Imadiya tumaniga zarbalar berdi, — deyiladi Eron agentligi xabarida. — Guvohlarning ta’kidlashicha, yarim soatdan oshiq davom etgan aviazarbalar Kurdiston ishchi partiyasining (KIP) Dayrluk va Shilajidagi marralariga berilgan”.
Shuningdek, Fars ma’lumotlariga ko‘ra, turk samolyotlari 8-dekabr, seshanba kechki payt ham KIPning Iroq Kurdistonidagi bazasiga hujum qilgan.
Izoh (0)