Xitoylik erkak changyutgich yordamida Pekindagi zaharlangan havodan chang zarralarini yig‘ib oldi va undan g‘isht yasadi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”. U bu bilan ekologiya muammolariga jamoatchilik e’tiborini qaratmoqchi bo‘ldi.
Pekinga Shenchjendan kelgan erkak 100 kun davomida shaharning biznes-tumanida qo‘lida kuchli changyutgich ko‘tarib, zaharli havoda chang zarralarini yig‘ib yurdi. Oxir-oqibat, ismi oshkor etilmayotgan erkak to‘plangan changni g‘isht shaklida pressladi.
Changni to‘plash uchun u to‘rt kun bir marta olgan quvvati bilan ishlash hamda 62 kishi bir kunda nafas oladigan hajmdagi havoni tortib olishga qodir changyutgichdan foydalangan.
Xitoydagi havo sifatini nazorat qiluvchi Air Quality dasturi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘pkaga kirishi mumkin bo‘lgan mayda zarrachalar konsentratsiyasi darajasi Pekinda 30-noyabr kuni bir kubometrda 480 mikrogrammga yetgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya qilinadigan xavfsiz daraja esa bir kubometrga 25 mikrogrammdir.
Izoh (0)