Rossiyaning siyosiy va moliyaviy-iqtisodiy yo‘nalishlaridagi OAVlarida eng ko‘p tilga olinayotgan shaxslar reytingida prezident Vladimir Putin birinchi o‘rinni egalladi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru” “Yangiliklarning kompleks tahlili tizimi” ma’lumotlariga tayanib.
Ta’kidlanishicha, noyabr oyida Putin bunday OAVlar maqolalarida 216 612 marta tilga olingan.
Ikkinchi o‘rinni Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev (54 672 marta tilga olingan), uchinchi pog’onani AQSh prezidenti Barak Obama (40 432) band etdi.
Shuningdek, Rossiya-Turkiya munosabatlari yomonlashgani tufayli, reytingga Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ham kirgan, u to‘qqizinchi o‘rinda joylashgan.
Izoh (0)