Tojikistonda barcha valyuta ayirboshlash shoxobchalari yopiladi. “Gazeta.ru” xabariga ko‘ra, endilikda valyuta operatsiyalari banklarning xizmat ko‘rsatish markazlarida, moliya muassasalari filiallari va kredit tashkilotlarining bosh idoralarida amalga oshirilishi shart.
Xabar berishlaricha, ushbu choralar Tojikiston Milliy banki rahbariyati tomonidan qabul qilingan “Xorijiy valyuta ishtirokida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga asosan ko‘rilmoqda.
Tojikistonliklar endi valyutalarni yuqorida qayd etilgan muassasalarda ayirboshlashga majbur. Bu kabi savdolarni boshqa joylarda amalga oshirish noqonuniy hisoblanadi, valyuta sotgan ham, sotib olgan ham bir xilda qonun oldida javobgar bo‘ladi.
Avvalroq Tojikiston parlamenti amaldorlarga chet elda hisob-raqamlarga egalik qilishni taqiqlagani ma’lum bo‘lgandi.
Izoh (0)