26-noyabr, payshanba kuni Burkina-Faso janubi-g‘arbida mikroavtobus suvga tushib ketishi natijasida 22 kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda “TASS” mamlakat hukumati bayonotiga tayanib.
Unda aytilishicha, hodisa sabablari aniqlanmoqda.
Yana sakkiz kishi shikastlanishlar olgan. Voqea bilan bog‘liq tafsilotlar oshkor etilmayapti.
Izoh (0)