Isroilning Tel-Aviv shahrida o‘tkazilayotgan, mukofot jamg‘armasi 10 ming dollarni tashkil etuvchi turnirning juftliklar musobaqasidagi o‘zbekistonlik Vlada Yakshibarova muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda, deb xabar beradi “Olamsport”.
U juftlik musobaqasida yarim finalga chiqdi. Rossiyalik Olga Doroshina bilan birga birinchi raqamli juftlikni hosil qilgan Vlada chorak finalda ruminiyalik Yelena-Teodora Kadar hamda moldovalik Yuliya Xelbetni 6:2, 6:3 hisobida taslim etdi. Ularning final ostonasidagi raqibalari Rossiya va isroillik tennischilar bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Vlada ushbu musobaqaning yakkalik bahslaridagi ishtirokini chorak finalda yakunlagan edi.
Izoh (0)