“Lokomotiv” futbol klubi rahbariyati Mirko Yelichichni rasman bosh murabbiy etib tayinladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mirko Yelichich bungacha asosiy tarkib murabbiylar shtabida ishlab kelayotgandi. Yelichichga murabbiylar shtabida Andrey Miklyayev yordam beradi. Darvozabonlar bilan esa odatdagidek Pyotr Gizimchuk ishlaydi.
Serb millatiga mansub mutaxassis ayni paytda uyida dam olmoqda. Uning 9-dekabr kuni Toshkentga qaytib kelishi kutilmoqda. Jamoa 16-dekabrdan yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi.
Eslatib o‘tamiz, jamoaning avvalgi bosh murabbiyi Vadim Abramov oktabr oyining o‘rtalarida iste’foga chiqarilgandi.
Izoh (0)