FIFA intizom qo‘mitasi 2015-yil iyunida Madridning “Real” jamoasiga nisbatan sanksiyalar qo‘llash haqida qaror qabul qilgan, deb ta’kidladi El Mundo Deportivo. Biroq qaror haqida haligacha rasman e’lon qilinmagan, deb yozadi Championat.
Sanksiyalar xalqaro transferlar va voyaga yetmagan legionerlarning huquqiy ro‘yxatga olinishidagi qonunbuzarliklar bilan aloqador.
“Real”ga nisbatan sanksiyalar ikkita transfer davri davomida transfer bitimlarini amalga oshirishni taqiqlash va jarimalar solishni ko‘zda tutadi. “Qirollik klubi”dagilar unga hech qanday sanksiya qo‘llanilmasligiga umid qilmoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, “Real” baribir jazodan qochib qutula olmaydi, biroq amnistiya qilinishi ham mumkin. Bu fevral oyida FIFA yangi prezidenti saylangach, ro‘y berishi mumkin.
Izoh (0)