Shimoliy Amerikaning Gaiti orollarida joylashgan Dominikan Respublikasida ikki yo‘lovchi avtobusining to‘qnashuvi natijasida 11 kishi halok bo‘ldi va 70 dan ortiq kishi tan jarohati oldi. Bu haqda Associated Press xabarlar agentligi bergan ma’lumotlarga asoslanib, “TASS” xabar beradi.
Jabrlanganlar turli shifoxonalarga yotqizilgan, ularning ko‘pchiligi og‘ir tan jarohati olganligi tufayli qurbonlar soni ortishi mumkin.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtobuslardan birining g‘ildiragi yorilganligi sababli yo‘l-transport hodisasi yuz bergan.
Izoh (0)