O‘zbekistonlik yosh tennischi Jo‘rabek Karimov Meksikaning Mexiko shahrida davom etayotgan turnirning chorak finaliga chiqdi. Bu bilan Jo‘rabek 64 nafar tennischi ishtirokini boshlagan ushbu musobaqadagi uchinchi g‘alabasiga erishdi, deb xabar qiladi “Olamsport”.
Turnirda to‘rtinchi raqam ostida tasniflangan Jo‘rabek uchinchi bosqichda musobaqada 15-raqam ostida harakat qilgan polshalik Kasper Jukni 6:1, 6:2 hisobida taslim etdi. Uning yarim final yo‘lidagi raqibi turnirning oltinchi raketkasi fransiyalik Ugo Umbert bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Jo‘rabek Karimov ushbu turnirning ilk davrasida germaniyalik Tim Ruelni 6:2, 4:6, 7:5, ikkinchi bosqichda esa vengriyalik Akos Kotormanni 6:4, 6:7(5), 6:2 hisobida taslim etgan edi.
Izoh (0)