Hindiston janubidagi Tamilnadu shtatida tinmay yog‘ayotgan jala oqibatida yuzaga kelgan suv toshqini natijasida halok bo‘lganlar soni 176 nafarga yetdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Chennai shahridagi maktab va kollejlar o‘n kundan beri yopilgan. Oliy o‘quv yurtlarida imtihonlar bekor qilingan.
Chennai va Kuddalor shaharlarining bir nechta hududlari oxirgi kunlarda yog‘ingarchilik kamayganligiga qaramasdan, suv ostida qolmoqda.
Shtat bosh vaziri Jayaram Jayalalitxa mamlakat bosh vaziri Narendra Modiga suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish uchun 135 million dollarga yaqin mablag‘ ajratishni iltimos qilib murojaat qildi. Ichki ishlar vazirligi ushbu mablag‘ni ajratish haqida topshiriq berdi.
Avvalroq suv toshqinlari sabab Hindistonda 150 dan ortiq kishining qurbon bo‘lganligi haqida ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)