Turkiya prezidenti Toyyib Erdo‘g‘on Rossiyaning Su-24 samolyoti bilan bog‘liq hodisadan so‘ng Rossiya bilan nizolar kuchayishini istamasligini ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya faqat o‘z manfaatlari himoyasini ko‘zlab harakat qilgan.
“Bizning ushbu hodisani kengaytirish niyatimiz yo‘q. Biz o‘z xavfsizligimizni himoya qildik, xolos”, — dedi Erdo‘g‘on.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya harbiy-havo kuchlarining F-16 qiruvchisi 24-noyabr, seshanba kuni Rossiyaning Su-24 bombardimonchisini urib tushirgan edi. Anqara ta’kidlashicha, u mamlakatning Suriya bilan chegarasi yaqinidagi havo hududiga bostirib kirgan.
- Voqea: Turkiya urib tushirgan Su-24
Izoh (0)