Suriyadagi inqirozning ehtimoliy sabablaridan biri global isish hisoblanadi. Bu haqda Uels shahzodasi Charlz Britaniyaning Sky News telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb yozadi “Interfaks”.
“Suriyadagi ushbu dahshatning asosiy sabablaridan biri besh yoki olti yil davom etgan qurg‘oqchilik ekanligini isbotlovchi ishonchli dalillar bor”, — dedi shahzoda.
Shahzoda Charlz so‘zlariga ko‘ra, uzoq davom etgan qurg‘oqchilik, oxir-oqibat, aholi migratsiyasiga va vaziyat beqarorlashuviga olib kelgan.
U ayni paytda faqat Pentagongina iqlim o‘zgarishlari, nizolar va terrorizm o‘rtasidagi bog‘liqliklarga e’tibor qaratayotganini aytdi
Izoh (0)