Myanmaning Kachin shtatida ro‘y bergan ko‘chki qurbonlari soni 104 kishiga yetdi, yana yuzga yaqin kishi bedarak yo‘qolgani qayd etilgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
22-noyabr holatiga qutqaruvchilar vayronalar ostidan 103 kishining jasadini topgan, bir kishi esa yakshanba kuni kasalxonada vafot etgan. “Biz vayronalar ostida qolgan kishilarning aniq sonini bilmaymiz, chunki bu yerda ishchilar qo‘lbola chodirlarda yashagan, ular haqida bizda ma’lumotlar yo‘q”, — deya ta’kidlagan Xpakan shahri ma’muriy-xo‘jalik boshqarmasi rahbari Tin Sve Mint.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Myanmadagi ko‘chki qurbonlari 99 kishini tashkil etayotgani to‘g‘risida xabar bergandik.
Izoh (0)