Myanma shimolidagi Kachin shtatida ro‘y bergan ko‘chki qurbonlari soni 99 kishiga yetdi. Qutqaruvchilar vayronalar ostidan tirik qolganlarni qidirishda davom etmoqda. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, ko‘chki nefrit qazib olinadigan kon yaqinida yuz bergan. Mahalliy konchilarning ellikka yaqin uyi ko‘chki ostida qolib, vayron bo‘lgan. Bunday hodisalar dunyodagi nefritning 90 foizi qazib chiqariladigan mintaqada tez-tez sodir bo‘lishi aytilmoqda.
Oldinroq mazkur tabiiy ofat oqibatida 90 kishi nobud bo‘lgani haqida xabar bergandik.
Izoh (0)