Belgiya poytaxti Bryusselda teraktlar xavfi tufayli boshlangan politsiya maxsus operatsiyasi yakuniga yetdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Politsiya Bryussel fuqarolarini maxsus operatsiyani ijtimoiy tarmoqlarda yoritmaslikni so‘ragan, shundan so‘ng foydalanuvchilar #brusselslockdown tegi ostida mushuklar surati va rasmlarini joylashtira boshlagandi. “Politsiya maxsus operatsiyasi yakuniga yetdi. Mushuk suratlari bilan bog‘liq voqealarni to‘xtatsangiz ham bo‘ladi”, — deya ma’lum qilgan Financial Times nashrining Bryusseldagi byurosi rahbari.
Bryussel buhronlar markazi xodimlari maxsus operatsiya chog‘ida terrorchilarga ma’lumot oshkor bo‘lmasligi uchun politsiya harakatlarini yoritmagan jurnalistlar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga minnatdorchilik bildirdi.
Izoh (0)