Boliviyada Vilyason shahrining ikki jamoasi o‘rtasidagi o‘yin davomida futbolchilardan biri yashin urishi natijasida halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Fojia 14-noyabr, shanba kuni Argentina bilan chegara yaqinidagi Vilyason shahrida sodir bo‘ldi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, yashin o‘yin bo‘layotgan maydonga kelib urilgan. Oqibatda jamoalardan birining futbolchisi David Alvares vafot etgan.
Mahalliy OAVlar yozishicha, yana sakkiz o‘yinchi shikastlangan, ularning jarohatlari qay darajada ekanligi ma’lum qilinmayapti.
Izoh (0)