Fransiya janubida TGV tezyurar sinov poyezdi relsdan chiqib ketdi. Natijada kamida besh kishi qurbon bo‘ldi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, fojia Ekveshem shahrida sodir bo‘lgan. Prechi-Precha axborot portali hodisa joyida portlash ovozi eshitilganini xabar qilmoqda. Poyezdda yo‘lovchilar bo‘lmagan.
Voqea joyiga tez tibbiy yordam mashinalari yo‘l olgan. E’lon qilingan suratlarga ko‘ra, ko‘plab vagonlar relsdan chiqib ketgan va ag‘darilib ketgan.
Izoh (0)