Parijda 13-noyabr kuni sodir etilgan teraktlardan so‘ng Polsha Yevropa Ittifoqi o‘rnatgan kvotalar bo‘yicha muhojirlarni qabul qilolmaydi. Bu haqda mamlakatning Yevropa masalalari bo‘yicha vaziri Konrad Shimanski ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
Vazirning ta’kidlashicha, Polshaning yangi hukumati oldingi hukumat ma’qullagan kvotalarga rozilik bermaydi. Xususan, Parijda ro‘y bergan fojialarni inobatga olganda, ularni bajarishning siyosiy imkoniyatlari ko‘rinmayapti.
Izoh (0)