Parijda yuz bergan ketma-ket teraktlar oqibatida halok bo‘lganlar xotirasi uchun Fransiyada uch kunlik umummilliy motam e’lon qilindi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Bu haqdagi qaror Fransiya prezidenti Fransua Olland tomonidan qabul qilingan. Prezidentning ma’lum qilishicha, uning favqulodda holat to‘g‘risidagi farmoniga muvofiq politsiya va armiya safarbar etilgan.
Parijdagi teraktlar ketma-ketligi 13-noyabr oqshomida yuz berdi. Terrorchilar “Stad de Frans” stadioni yaqinida bomba portlatdi, bir qator restoranlar va konsert zalidagi tomoshabinlarga qarata o‘t ochdi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, teraktlar oqibatida 128 kishi halok bo‘lgan, 200 ga yaqin odam tan jarohati olgan.
Izoh (0)