Iroq poytaxtida 13-noyabr, juma kuni ro‘y bergan portlashda kamida 18 kishi halok bo‘ldi va 41 kishi yaralandi. Bu haqda Reuters manbalariga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, Bag‘dod janubi-g‘arbida, hukumat qo‘shinlari jangchilaridan birining dafn marosimi chog‘ida xudkush o‘zini portlatib yuborgan.
Hozircha hech bir terrorchi guruh mazkur hodisa uchun javobgarlikni zimmasiga olmagan.
Izoh (0)