Shvetsiya hukumati 12-noyabr, payshanba kuni mamlakatga boshpana so‘rab kelayotgan rekord darajadagi muhojirlar bilan bog‘liq xarajatlarga qo‘shimcha 11 milliard krona (1,27 milliard dollar) sarflashini e’lon qildi. Bu haqda “Yevropeyskaya pravda” xabar bermoqda.
Hukumatning ma’lum qilishicha, qo‘shimcha mablag‘ mahalliy ma’muriyatlarga beriladi va ularning asosiy qismi qochoqlarni uy-joy bilan ta’minlashga ishlatiladi. Mazkur mablag‘ni qarz hisobiga jalb etish ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)