Bangladeshda ikkita boshi bor qiz bola dunyoga keldi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Qizaloqning bitta tanasi, ikkita oyog‘i, ikkita qo‘li, hayot uchun muhim bo‘lgan bittadan organlar to‘plami va ikkita boshi bor. Bola 11-noyabr, chorshanba kuni kechqurun kesarcha kesish yo‘li yordamida dunyoga keldi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqning otasi o‘z farzandini birinchi marta ko‘rganida hayratga tushganini aytib o‘tdi: “Uning ikkita to‘la to‘kis boshi bor. U ikkala og‘zi bilan ovqatlanmoqda va ikkita burni bilan nafas olmoqda… Shunday bo‘lsa ham u va uning onasining ahvoli yaxshi ekanligi uchun Allohga shukur qilaman”.
“Chaqaloqning ikki boshi borligini inobatga olmasa, uning xuddi oddiy bolalardek tanasi bor”, — dedi Total Healthcare klinikasi bosh shifokori. Bundan tashqari, uning qo‘shimcha qilishicha, qizaloq siam egizaklarining favqulodda noyob turiga mansub ekan.
Izoh (0)