Boris Nemsovning o‘ldirilishi haqidagi ish bo‘yicha ayblanuvchilarning kvartirasidan geroin va nasha topildi, deya xabar bermoqda “Exo Moskvi” kimyoviy ekspertizaga tayanib.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Moskvaning Veyer ko‘chasidagi ikkita xonadon ayni paytda qidiruvda bo‘lgan Ruslan Geremeyev ishi bo‘yicha guvoh tomonidan Zaur Dadayev, Anzor Gubashev va Beslan Shavanov uchun ijaraga olingan.
Narkotiklar Dadayevga tegishli ekanligi isbotlansa, unga nisbatan yangi ayblov ilgari surilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq siyosatchi Boris Nemsovning o‘ldirilishi haqidagi jinoiy ish figuranti Ruslan Muhiddinov jinoyatni tashkillashtirishda sirtdan ayblangan edi.
Boris Nemsov 2015-yil 27-fevral kuni Moskva markazida otib ketilgan edi. Uning o‘ldirilishi bilan bog‘liq jinoyat ishi doirasida besh kishi hibsga olingan bo‘lib, Chechenistonning “Sever” batalyoni qo‘mondoni sobiq o‘rinbosari Zaur Dadayev bosh ayblanuvchi hisoblanadi.
Izoh (0)