Somali poytaxti Mogadishodagi mehmonxonaga uyushtirilgan terakt qurbonlari soni 17 kishiga yetdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Oldinroq mazkur hodisa oqibatida 12 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.
Halok bo‘lganlar orasida siyosatchilar, xavfsizlik kuchlari xodimlari, mehmonxona xo‘jayini borligi qayd etilgan. 25 kishi jarohat olgan.
Eslatib o‘tamiz, 1-noyabrga o‘tar kechasi “Sahafi” mehmonxonasida yuz bergan terakt uchun javobgarlikni “Ash-Shabob” terrorchilik guruhi zimmasiga olgan.
Izoh (0)