Rim papasi Fransisk Misrning Sinay yarim orolida ro‘y bergan aviahalokat munosabati bilan Rossiya xalqiga hamdardlik bildirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin nomiga yo‘llangan va 1-noyabr, yakshanba kuni matni Vatikan matbuot xizmati byulletenida e’lon qilingan telegrammada davlat rahbari hamda Rossiya xalqiga chuqur ta’ziya izhor qilingan.
Fransisk “halok bo‘lganlar va ularning yaqinlari uchun duoda” ekanligini ta’kidlagan.
Izoh (0)